O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 14-sonli bayonida “Xotin-qizlar o‘rtasida radikallashuvni oldini olish ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi masala kun tartibida ko‘rilgan.
Ushbu bayon 2-ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy grafik 19-bandida “Siz qonun himoyasidasiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazish, 40-bandida “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish” mavzusida davra suxbati o‘tkazish, 49-bandida “Oila muqaddas” mavzusida davra suxbati o‘tkazish, 61-bandida “Ayollar ezozda” mavzusida davra suxbati o‘tkazish belgilangan.
Shunga muvofiq tuman adliya bo’limi tomonidan joriy yilning 13-iyul sanasida barcha MFY Xotin qizlar faollari bilan “Xotin-qizlar o’rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish”, “Ayol e’zozda” mavzusida mahalla xotin-qizlar faollari bilan davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbati davomida mahallarda xotin qizlar huquqlarini ta’minlshga doir qonunchilikdagi kafolatlar, imtiyozlar haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birga jamiyatimizda ayollarga berilayotga e’tibor, ularni jamiyatda erkaklar bilan teng huquqli ekanligi, davlat va jamiyat boshqaruvida birdek sharoitlar yaratib berilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, oila birdamligini saqlashda ayollarni roli yuqori ekanligi e’tirof etildi.
Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati