Arnasoy tuman hokimligida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holati va ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Arnasoy tuman hokimi Xurshid Alimardanov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inomjon Majidov, Jizzax davlat pedagogika universiteti “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri dos. M. G‘o‘dalov va bir guruh olimlar bilan xamkorlikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holati va ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish borasida masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so’ng, ishchi gurux Aydar-Arnasoy ko‘lida bo’lib, u erda ekologik holati va ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishdi.