Chet elga vaqtincha safarda boʻlganlarga pensionerlarning pensiyasini qanday tartibda toʻlanishi mumkinmi?
Bu holatda pensiya toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Pensioner xorijiy davlatda boʻlgan va sogʻligʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega boʻlmagan holatlarda pensioner Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.
J.Esirgapov
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi
Doʼstlik tuman boʼlimi boshligʼi