Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » 2024-yilda tumanda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida

2024-yilda tumanda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida

20 январь 2024 йил
78
0

2024-yilda tumanda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta  hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106-sonli va viloyat hokimining 2022-yil 04-fevraldagi 61-3-0-Q/22-sonli qarorlarining ijrosini tizimli taʼminlash, shuningdek Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi  06/22-04/77-sonli xatida koʻrsatib oʻtilgan topshiriqlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urugʻlik paxta xom ashyosi va boshqa Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish uchun” Nizomi va 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qarori talablariga muvofiq, tumanda urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun subyektlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish maqsadida: 

Q A R O R    Q I L A M A N:

 

  1. Viloyat hokimining 2022-yil 04-fevraldagi 61-3-0-Q/22-sonli qarorining ijrosini tizimli taʼminlash, shuningdek Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi № 06/22-04/77-sonli xatida koʻrsatib oʻtilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2024-yilda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun subyektlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tumanda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urugʻchiligi boʻyicha tender tanlovlari oʻtkazadigan tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman komissiyasi (X.Azizov)ga:

- tanlovda qatnashish istagini bildirgan subyektlarning hujjatlarini joriy yilning 15-yanvardan 31-yanvariga qadar qabul qilish va belgilangan tartibda baholash;

- urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan hududlardan chiqmagan holda, tanlovlarda qatnashadigan subyektlarning haqiqiy holatini oʻrganish;

- tuman tanlov komissiyasiga topshirilgan hujjatlar asosida reyting ballarining haqqoniy qoʻyilishini nazorat qilish;

2-ilovaga muvofiq tanlov toʻgʻrisida eʼlon berilishini, daʼvogar xoʻjaliklarning Respublika tanlov komissiyasi tomonidan joriy qilingan jadvallar asosida hujjatlar toʻplamini oʻz muddatlarida qabul qilinishini va ushbu hujjatlarning haqqoniyligini taʼminlash;

- toʻplangan hujjatlar asosida tuman tanlov komissiyasi tomonidan urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar yetishtirish huquqiga ega boʻlgan subyektlar roʻyxatini tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan holda viloyat tanlov komissiyasiga taqdim etish;

- urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar yetishtirish huquqiga ega boʻlgan subyektlarning hujjatlar toʻplamini               (2 nusxada) tayyorlab, 2024-yil 10-fevralga qadar Urugʻchilikni rivojlantirish markazining Jizzax viloyati boshqarmasiga taqdim qilish vazifalari topshirilsin.

  1. Tanlov komissiyasi kotibi (A.Avazov)ga:

- tanlovda qatnashish istagi boʻlgan urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan hududlardagi subyektlarni xabardor qilish maqsadida matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali tanlovni eʼlon qilish;

- tanlov yakuni boʻyicha yigʻilish qarori qabul qilib, tasdiqlash uchun tuman hokimligiga kiritish vazifasi topshirilsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X.Azizov zimmasiga yuklansin.

          Arnasoy tuman hokimi v.v.b.                       Z.Ismatov

16-3-43-q_24.pdf [261,38 Kb] (юклаб олинди: 1)

Онлайн: 16-3-43-q_24.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар