Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasini chaqirish to`g`risida
“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi reglamentining 12-moddasiga muvofiq
QАROR QILАMАN:
- Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi 2023-yil 15-fevral kuni soat 10-00da Аrnasoy shaharchasida chaqirilsin.
- Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag`larining sarflanishi to`g`risida;
- boshqa masalalar.
- Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov, tuman hokimining o`rinbosarlari F.Аdilov, G.Xaydarova, I.Аlimqulov, Sh.Kenjaboev hamda tashkiliy-kadrlar guruhi (R.Jozilov)larga sessiyaga tayyorgarlik ko`rishga doir tashkiliy tadbirlarning o`z vaqtida bajarilishini taʼminlash hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo`yicha tegishli hujjatlarni xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga joriy yilning 13-fevral sanasiga qadar taqdim etish vazifasi topshirilsin.
- Ushbu qaror “Аrnasoy tongi” gazetasida hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi (R.Jozilov) zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi v.b X.Alimardanov
sessiya-chaqirish-togrisidagi-qaror-19-3-43-q_23.pdf
[230,63 Kb] (юклаб олинди: 2)
Онлайн: sessiya-chaqirish-togrisidagi-qaror-19-3-43-q_23.pdf
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:

20 январь 2023, Пятница
Xalq deputatlari Аrnasoy tuman Kengashining 2023-yil 10-yanvardagi VI-45-1-3-43-K/23-sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish toʼgʼrisida

01 июль 2022, Пятница
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a'zolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi
Изоҳлар (0)