Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Qonun loyihasi Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

Qonun loyihasi Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

21 сентябрь 2022 йил
112
0

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandiga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur Qonun loyihasi joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Budjet va iqtisodiy islohatlar masalalari qo‘mitasi Senatorlari boshchiligida moliya vaziri o‘rinbosari, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori hamda Pensiya jamg‘armasining mas’ul xodimlarining ishtirokida muhokama qilindi.

Mazkur Qonunga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilganidek, yangi tartib nafaqat 2023 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar uchun, balki 2023 yil 1 yanvardan oldin tayinlangan pensiyalar uchun ham tadbiq etiladi.

Ya’ni, o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobari (bugungi kunda 3 240 000 so‘m)dan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyasi 2023 yil 1 yanvardan qayta hisoblanadi.

Natijada, 352 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi va kelgusi yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratiladi.

Sherbek XAYITOV

Pensiya jamg‘armasi Arnasoy tuman

bo‘limi boshlig’i o’rinbosari

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар