Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Arnasoy tumanida Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish yuzasidan monitoringi o‘tkazildi

Arnasoy tumanida Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish yuzasidan monitoringi o‘tkazildi

12 сентябрь 2022 йил
106
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26-yanvarda “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Qarori ijrosi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida monitoringi o‘tkazildi.

Oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar malakasini oshirishdan so‘ng (fevral-mart) 2022-yil apreldan boshlab tumandagi 47 ming aholidan 57 foizi (40 yoshdan oshgan aholining  8000 nafari allaqachon skrining tekshiruvidan o'tgan (14 ming aholi), 119 nafar bemorda QD2 birinchi marta, 2035 nafarida premorbid holatdagi ortiqcha vazn aniqlangan.

KTMPda bemorlarni birlamchi tekshirish xonasi mavjud, “bir kunlik statsionar”ning  ikkita xonasi ochilib, u yerda yangi tashxis qo‘yilgan bemorlarga birlamchi yordam ko‘rsatiladi va tavsiyalar beriladi.

“Qandli diabetning oldini olish, salomatlik va to‘g‘ri ovqatlanish” maktabi tashkil qilindi va faoliyat ko‘rsatmoqda, unga patronaj hamshiralar jalb etilgan.

Patronaj hamshiralar faoliyatini yaxshilash maqsadida Arnasoy tuman hokimigi tomonidan (25 birlik) va (35 birlik) jimi 60 ta velosiped transporti sovg‘a qilindi. Bu esa Arnasoy tumani aholisi o‘rtasida “sog‘lom turmush tarzi”ni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Mazkur monitoring yakunida KTMP rahbari Abdusattarova Muxxabat Atabekovnaga, oilaviy shifokorlar faoliyati koordinatori Abdualimova Nasiba Xalilovnaga, bosh hamshira Mamarasulova Feruza Umurzakovnaga, Jizzax endokrinologiya dispanserining kurator-endokrinologi Mustafoqulova Nigora Botirbekovna va Arnasoy KТMPnng butun jamoasiga el salomatligi yo'lida sidqidildan amalga oshirayotgan fidokorona mehnat uchun minnatdorchilik bildirib o’tdi.

 Arnasoy tuman hokimligi Axborot ximati

  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар