Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40

QONUN USTUVORLIGI

30 май 2022 йил
356
0

Jamiyatimizda barcha sohalarni statistikasiz tasavur eta olmaymiz. Hurmatli yurtboshimiz tomonidan 2021 yil 11 avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonuni ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustldagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonuni mazmun va mohiyatlariga e’tibor bersak bunda:

Qonunning asosiy prinsiplari va vazifasi to‘g‘risida quyidagi fikrlar bildirildi:

Rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Mustaqillik, tushunarlilik va shaffoflik, aniqlik va ishonchlilik, beg‘arazlik va xolislik, statistik maxfiylik, dolzarblik.

Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tildi. Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

milliy statistika tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;

milliy statistika tizimining infratuzilmasini takomillashtirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Vakolatli davlat organi:

rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;

rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi;

rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiradi;

rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazadi;

statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;

rasmiy statistikani tayyorlovchilar bilan statistika ma’lumotlari va metama’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi;

statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan uyg‘unlashuvni amalga oshiradi;

statistika kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek boshqa statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlarini ishlab chiqadi hamda yuritadi; 

rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyatga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida maslahatlashuv va ishchi guruhlar tuzadi;

milliy statistika tizimi doirasida rasmiy statistika ma’lumotlarini muvofiqlashtirilgan holda tarqatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan kelishilgan holda rasmiy statistika sohasidagi yagona atamalarni ishlab chiqadi;

Qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda hududiy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etilib, bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Ushbu qonun bilan statistika tizmidagi jarayonlarni borishi bo’yicha ham tushunchalar berib borilgan.

 

Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар