Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40

Qonunning mohiyati va ahamiyati

10 январь 2022 йил
392
0

“Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunning mohiyati va ahamiyati shundaki, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.

Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi.

Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi).

Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qatʼiy BHMning 20 baravari edi).

Avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Ichki ishlar vazirligi axborotni (transportni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sugʻurta polislari haqidagi axborotni) ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari bergan biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) asosida planshetlar va kompyuterlar vositasida foydalangan holda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tekshirish tartibini Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi yagona elektron ish yuritish tizimi doirasida 2022-yil 1-martga qadar boʻlgan muddatda joriy etadi.

 

Maqsud Ernazarov

Jinoyat ishlari bo’yicha

Arnasoy tuman sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар