Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Nogiron farzandi bor onalarga pensiyaga chiqishidagi imtiyozlar

Nogiron farzandi bor onalarga pensiyaga chiqishidagi imtiyozlar

17 ноябрь 2021 йил
47
0

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Mazkur qonunning 12-moddasida umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:

Qonunning 12-moddasi “z” bandida bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandi “n” bandi talabi bo‘yicha ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda, nogiron bolaning onasi sifatida pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan onaga yoshga doir imtiyozli pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi, yoki TMK tomonidan berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi zarur.

Nogiron bolaning onasi sifatida pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan onaga yoshga doir imtiyozli pensiya tayinlashda, mazkur Nizomning 35-bandi, “a” kichik bandiga asosan pyensiya olish huquqini beradigan ish stajiga faoliyat turi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, ish stajiga qo‘shib hisobga olinadi.

Xuddi shuningdek, Nizomning 35-bandi, “d” kichik bandi talabiga ko‘ra, I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo‘shib hisoblanadi.

Nizomning 38-bandiga muvofiq, nogironni sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan bolalikdan nogironning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi «a»—«d» kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar qo‘shib hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, nogiron bolaning onasida sug‘urtalangan haiqiy ish staji 7 yildan kam bo‘lsa yoki nogiron bolaga qarab turgan davri bilan birgalikda hisoblanganda umumiy ish staji 20 yilni tashkil qilmagan taqdirda, ularning ijtimoiy himoyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidjan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandida belgilanishicha, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yoshga yetganlarida yoshga doir ijtimoiy nafaqasi tayinlanadi.

Mazkur Nizomning 8-bandiga asosan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa farzandi nogironligi bo‘lgan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida davlat tibbiyot muassasasining tibbiy xulosasi yoki Tibbiy — ijtimoiy ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — TIEK) nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi. Bunda nafaqa miqdori pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdorida belgilanadi.

 

Navro’z Saidazimov

Arnasoy tuman Pensiya jamg’armasi rahbari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар